
- 7
- 31.07.2023 09:56:00
- 1 daq o'qish
Aksilkorrupsiya bo‘yicha Singapur tajribasi asosida bir qator kelishuvlar imzolangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi shu kunlarda xizmat safari bilan Singapur davlatida bo‘lib turibdi.
Agentlik rahbari Akmal Burhonovning ma’lum qilishicha, muzokaralar davomida bir qator masalalar muhokama qilinib, kelishuvlarga erishilgan. Xususan,
— Singapurning korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan choralarni milliy amaliyotga tatbiq etish;
— Singapur tajribasi asosida yoshlar, shu jumladan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida halollikni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus o‘quv dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqish;
— O‘zbekistonda zamonaviy aksilkorrupsiya mexanizmlarini ishlab chiqishda Singapur aksilkorrupsiya byurosi ekspertlarini jalb qilish;
— Singapur amaliyoti asosida xususiy sektor vakillari hamda davlat idoralari moliya va iqtisod sohasidagi xodimlar uchun real keyslar asosida qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish usullarini muhokama qilish va bu yo‘nalishda standartlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat idoralari rahbar kadrlari uchun Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabida maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish va davlat xizmatchilarini Singapur tajribasi asosida qisqa muddatli kurslarda malakasini oshirish ham rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tergovchilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihani ishga tushirish;
"Prokuratura idoralariga xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, shuningdek, korrupsiyaga oid ishlarning sudda ko‘rilishi va unda prokuror ishtiroki bo‘yicha Singapur tajribasini o‘rganish va tahlil qilishdan iborat",- deyiladi xabarda.
Manba: uznews.uz