
- 4
- 14.02.2025 10:51:00
- 1 daq o'qish
Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-maydan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarga BHMning 6 baravari (2,25 million so‘m) miqdoridagi bir martalik nafaqa puli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali to‘lanadi. Shuningdek, 1-apreldan “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.