Endi Fransiyada ko‘chada sigaret chekkanlarga jarima solinadi

Endi Fransiyada ko‘chada sigaret chekkanlarga jarima solinadi
  • 0
  • 03.07.2025 06:13:00
  • 1 daq o'qish

 

1-iyuldan boshlab Fransiyada bolalar boradigan barcha ochiq joylarda — bog‘lar, plyajlar, avtobus bekatlari, maktablar oldi va sport maydonlarida tamaki chekish taqiqlandi.
Qoidabuzarlarga 90 yevro jarima belgilanadi, 15 kun ichida to‘lanmasa, jarima 135 yevroga oshadi. Taqiq barcha, jumladan sayyohlarga ham tegishli.

Bu chora prezident Emmanuel Makronning 2032-yilgacha “tamaki iste’mol qilmaydigan avlod”ni yaratish rejasiga kiradi.

Fransiya plyajlarda chekishni rasman taqiqlagan birinchi Yevropa davlati bo‘ldi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News