
- 1
- 17.02.2025 10:20:00
- 1 daq o'qish
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashishi ma’lum qilindi. Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi. Rahbarlar bunday yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.
Yoshlar agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi. Hokimlar esa har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi.