Endi Toshkent “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi

Endi Toshkent “Temurbeklar maktabi”ga qizlar ham qabul qilinadi
  • 9
  • 31.10.2023 08:06:00
  • 1 daq o'qish

2024/2025 o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga qizlarni qabul qilish boshlanadi.

Prezident qarori bilan ayrim qarorlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 
Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyiga ayol jinsidagi O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi.
Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mablag‘lari hisobidan Milliy gvardiya bo‘linmalari va harbiy qismlarining ob’yektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News