Endi 5 ta oliygohdan hech biriga kirolmagan abituriyentlar ham o‘qishga qabul qilinadi

Endi 5 ta oliygohdan hech biriga kirolmagan abituriyentlar ham o‘qishga qabul qilinadi
  • 0
  • 09.08.2025 08:01:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda endilikda 5 ta oliygohdan birortasiga kira olmagan, biroq to‘plagan bali boshqa oliygohdagi bo‘sh yo‘nalish talablari bilan mos kelgan abituriyentlar shu oliygoh rektori tomonidan kontrakt asosida qabul qilinishi mumkinligi ma’lum qilindi. Bu tizim davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida raqobatni kuchaytirishi qayd etildi.

Shuningdek, Prezident hozirda band bo‘lmagan 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News