
- 2
- 14.02.2025 11:00:00
- 1 daq o'qish
Xalqaro dengiz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Mowi” Norvegiya qirg‘oqlari yaqinidagi fermadan qochib ketgan 27 000 lososni tutganga mukofot va’da qildi. Unga ko‘ra, har bir tutulgan losos uchun 500 kron (taxminan 44 dollar) miqdorida pul mukofoti beriladi. Baliqlarning qochishiga bo‘ron paytida qafasning tashqi halqasi shikastlangani sabab bo‘lgani aytilgan. O‘rtacha har bir yo‘qolgan baliq 5,5 kg og‘irlikda. Norvegiya hukumati qidiruvni kuchaytirishni talab qildi.
Bu qochish lososlar uchun falokat hisoblanadi, chunki qochib ketgan baliq yovvoyi baliqlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Yovvoyi baliqlar va yetishtiriladigan losos o‘rtasida chatishtirish natijasida uzoq muddatda omon qolish darajasi past bo‘lgan nasllar paydo bo‘ladi. Shuningdek, Norvegiyada lososlar soni tarixiy past darajada.