
- 8
- 16.08.2024 16:47:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Koreya joriy yilning dekabr oyidan xalqaro turizmni qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Biroq mamlakat shimolidagi Ryanggang provinsiyasidagi Samjiyon shahrigina sayyohlar uchun ochilishi rejalashtirilgan. Chunki Samjiyon 2019-yilda sayyohlik maskaniga aylantirilgan shahar hisoblanadi.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 2020-yil yanvar oyida koronavirus sababli chegaralarini yopgan birinchi davlat bo‘ldi va o‘shandan beri to‘rt yil davomida sayyohlar va xorijliklar uchun yopiqligicha qolmoqda.