
- 4
- 18.10.2024 21:26:00
- 1 daq o'qish
Koreya markaziy axborot agentligi xabar berishicha, 17-oktabr kuni Shimoliy Koreya mamlakatning yangi konstitutsiyasida Janubiy Koreya rasman “dushman davlat” sifatida belgilanishini tasdiqladi.
Ta’kidlanishicha, KXDRni Janubiy Koreya bilan bog‘lab turgan yo‘llarning portlatilgani Janubiy Koreyani dushman davlat sifatida aniq belgilab beruvchi KXDR konstitutsiyasi talablariga muvofiq ko‘rilgan muqarrar va qonuniy chora bo‘lgan.