
- 5
- 03.11.2023 11:51:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari mamlakat oktyabr oyida Uganda va Angoladagi elchixonalarini yopganini xabar qildi.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In diplomatik vakolatxonalar orqali emas, balki Kreml bilan qurol-yarog‘ bo‘yicha kelishuvlar orqali ko‘proq pul olishga bel bog‘lagan bo‘lishi mumkin.
Pxenyan, shuningdek, Gonkongdagi konsulxonasi va Afrikadagi o‘ndan ortiq diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, Ispaniyadagi elchixonasini yopishni rejalashtirmoqda.
Janubiy Koreyadagilarning fikricha, Kim Chen Inning “g‘aznasini quritayotgan” global sanksiyalar tufayli KXDR budjetida barcha diplomatik idoralarni saqlab qolishga pul yetmayapti. Hozirda Pxenyanda 47 ta elchixona, uchta konsulxona va uchta vakolatxona mavjud.