
- 6
- 25.04.2024 09:03:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Koreya tarixda ilk bor shartli yadroviy qarshi zarba bo‘yicha taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar davomida yadro kallagiga taqlid qilingan kuchli raketa snaryadlari otilgan, ular 352 kilometr masofadagi nishonga muvaffaqiyatli yetib borgan.
2023-yil oxirida Kim Chen In Shimoliy Koreya AQSHning “misli ko‘rilmagan” qarama-qarshi harakatlariga qarshi turish uchun 2024-yilda urushga tayyorgarlikni tezlashtirishi kerakligini aytgandi.