
- 9
- 02.05.2023 14:32:00
- 1 daq o'qish
11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni tegishli qonun bilan ishlanmaydigan bayram kunlari roʻyxatiga kiritilishi kutilmoqda. Oʻzgarish amalga oshsa, bayram kunlari 10 taga yetadi.
ℹ️ Hozirda yurtimizda 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari mavjud:
➖ 1-yanvar – Yangi yil;
➖ 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
➖ 21-mart – Navroʻz bayrami;
➖ 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
➖ 1-sentabr – Mustaqillik kuni;
➖ 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
➖ 8-dekabr – Konstitutsiya kuni;
➖ Ramazon hayitining birinchi kuni;
➖ Qurbon hayitining birinchi kuni.