
- 10
- 13.09.2024 16:45:00
- 1 daq o'qish
Mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov Butunjahon shaxmat Olimpiadasida birinchi doskada oʻynayapti. Yosh grossmeysterimiz dastlabki ikki turda raqiblarini ortiqcha qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi va onlayn reytingda 5-oʻringa koʻtarilib oldi.
Nodirbek FIDE reytingida 6-pogʻonadan joy olgan. Yigirma yoshgacha boʻlgan shaxmatchilarning dunyo reytingida esa peshqadamlik qilmoqda.