- 7
- 01.04.2023 11:56:00
- 1 daq o'qish
Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasida Ramazon oyi dasturxonining ajralmas bo‘lagi – Nisholda retseptini sizlarga taqdim etamiz. O‘zbek milliy shirinligini uyda ham tayyorlashni va retseptni saqlab qo‘yishni unutmang.
Masalliqlar:
1. Yetmak ildizi (bix, bex)
2. 3 dona tuxum
3. 0.5 kg shakar
4. Suv
5. Yarimta limon
🥣Tayyorlanishi:
🍯Qiyom uchun
500 gr shakarga 200 ml suv solinib qayntiladi, quyuqlashib boshlaganda yarimta limonni siqib suvi solinadi.
🥓Yetmak
Yetmak ildizi 500 ml suvda qaynatilib, suvi teng yarmigacha kamaygach suzib olinib, sovugach ko‘pirtiriladi.
🥚Tuxum
3 ta tuxum oqi olinib ko‘pirtiriladi.
Ko‘pirtirilgan yetmak va tuxum oqini bitta idishga solib ko‘pirtirishni davom ettiramiz. 10 daqiqacha ko‘pirtirilgandan so‘ng oz-ozdan qiyom solinib 30 daqiqa ko‘pirtiriladi.
Nisholdamiz tayyor😍