Toshkentda tungi avtobuslar ishga tushishi mumkin

Toshkentda tungi avtobuslar ishga tushishi mumkin
  • 1
  • 15.08.2025 08:27:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent transport bosh boshqarmasi 15 yo‘nalishda tungi avtobuslar harakatini joriy etishni taklif qilmoqda. Avtobuslar soat 22:00 dan 06:00 gacha markaziy ko‘chalar, aeroportlar, vokzallar, metro bekatlari, turizm ko‘chalari va yirik markazlarga qatnaydi. Avtobuslar alohida qizil rangda bo‘ladi, yo‘nalishlar esa T1, T2 kabi “tungi avtobus” sifatida belgilanadi. Birinchi bosqichda Sergeli, Bektemir va Yunusobod tumanlari qamrab olinadi; keyingi bosqichda jami 15 yo‘nalishda 54 avtobus ishlaydi.

Chipta narxi kunduzgi avtobuslar bilan bir xil bo‘ladi — QR-kod orqali 3000 so‘m, elektron to‘lovlar uchun 1700 so‘m. Turizm komissiyasi esa qimmatroq narx belgilash taklifini bildirgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News