
- 0
- 20.05.2026 10:32:00
- 1 daq o'qish
Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti “Santos” hujumchisi Neymarning nomini 2026-yilgi Jahon chempionati tarkibiga kiritdi.
So‘nggi paytlarda jarohatlar va sport formasidagi pasayish sabab tanqid qilinayotgan futbolchi “faoliyati tugagan” degan fikrlarga qaramay yana terma jamoaga qaytdi.
Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan maxsus marosimda Braziliya terma jamoasining mundial uchun qaydnomasi e’lon qilindi va unda o‘z ismini ko‘rgan Neymar ko‘z yoshlarini tiya olmadi.