Neymar tabriklagan qozog‘istonlik “Counter”chi

Neymar tabriklagan qozog‘istonlik “Counter”chi
  • 17
  • 23.09.2025 09:53:00
  • 1 daq o'qish

20 yoshli qozog‘istonlik Danil Golubenko Counter-Strike 2 bo‘yicha FISSURE PLAYGROUND 2 xalqaro turnirida g‘olib bo‘ldi! U Braziliyaning FURIA jamoasi safida ishtirok etib, 500 ming dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega musobaqada birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Danil nafaqat chempion, balki turnirning eng yaxshi o‘yinchisi — MVP sifatida ham e’tirof etildi. U g‘alabasini Lionel Messining mashhur suratiga o‘xshatib, Qozog‘iston bayrog‘iga o‘ralgan holda nishonladi. Eng qiziq tomoni — Instagram’da uni tabriklaganlar orasida mashhur futbolchi Neymar ham bor!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News