Toshkentda Nexia haydovchisi piyodani urib, daraxtni ag‘dardi

Toshkentda Nexia haydovchisi piyodani urib, daraxtni ag‘dardi
  • 1
  • 04.06.2025 14:44:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia Matiz bilan to‘qnashib, piyodani bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, holat 31-may kuni Toshkentning Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Matiz va 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobillari to‘qnashgan. Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi piyodani urgan va daraxtni ag‘darib yuborgan.
Jarohatlangan fuqaro shifoxonaga yetkazilib, zudlik bilan operatsiya qilingan va reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda ahvoli qoniqarli.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News