
- 4
- 18.01.2025 13:40:00
- 1 daq o'qish
15-yanvar kuni Yangihayot tumanining Zarbdor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro ishga ketayotib, ko‘chada turgan bozorpaketdan bir kunlik chaqaloqni topib olgan va darhol 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. “Men u yerda sut bor deb o‘yladim, lekin keyin sumka qimirlashni boshladi va men bolaning yig‘isini eshitdim. Shu zahoti 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildim,” - dedi guvoh.
Voqea joyiga yetib borgan xodimlar chaqaloqni tekshirib ko‘rgan va shifoxonaga olib borgan. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.