
- 0
- 04.09.2025 07:52:00
- 1 daq o'qish
Hindistonning Indor shahridagi kasalxonasida ikki yangi tug‘ilgan chaqaloqni kalamush tishladi. Rasmiylarga ko‘ra, chaqaloqlardan biri tug‘ma kasallik sabab vafot etgan, kalamush tishlagani esa uning o‘limiga sabab bo‘lmagan. Hodisadan so‘ng bir nechta xodimlar ishdan chetlatildi va zararkunandalarga qarshi choralar kuchaytirildi.
Indor shahri so‘nggi 8 yil davomida Hindiston hukumati tomonidan “mamlakatning eng toza shahri” deb e’tirof etib kelmoqda.