
- 2
- 15.07.2025 15:52:00
- 1 daq o'qish
AQShning Nyu-York shahri va unga tutash hududlarda kuchli yomg‘ir va dovullar oqibatida to‘satdan suv toshqinlari yuz berdi. Shu sababli mahalliy hokimiyat tomonidan ayrim joylarda favqulodda holat tartibi joriy etildi.
🚇 Transport harakati izdan chiqdi:
• Metropolitenning ayrim stansiyalarini suv bosdi, natijada poyezdlar harakati to‘xtatildi.
• Metro-North temiryo‘l liniyasida Manxetten va Bronks o‘rtasidagi qatnov bekor qilindi.
• Haydovchilar ko‘plab yo‘llarda suv ostida qolib ketgan mashinalar sababli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.