“Epshteyn ishi” bo‘yicha Fransiyada yangi qurbonlar aniqlandi

“Epshteyn ishi” bo‘yicha Fransiyada yangi qurbonlar aniqlandi
  • 0
  • 19.05.2026 18:00:00
  • 1 daq o'qish

Fransiyada amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynga oid odam savdosi va jinsiy ekspluatatsiya ishini tergov qilish doirasida yangi ma’lumotlar topildi. Tergovchilar taxminan 20 nafar jabrlanuvchini aniqlab, ularning 10 nafari ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi qurbonlardir.

Fransiya prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ish AQSH Adliya vazirligi tomonidan “Epshteyn hujjatlari” e’lon qilingach boshlangan. Shundan so‘ng, fransuz tergov organlari Epshteynning mamlakatdagi ehtimoliy faoliyatini va uning aloqador shaxslarini tekshirishni kuchaytirgan. Parij bosh prokurori Lora Bekko jabrlanuvchilardan murojaatlar qabul qilinayotganini bildirgan. Uning aytishicha, ayrim jabrlanuvchilar xorijda yashagani sababli ular bilan uchrashuvlar keyinroq tashkil etilmoqda. Hozirga qadar idoralarga 20 ga yaqin shikoyat kelib tushgan.
Tergovchilar yangi qurbonlar va ehtimoliy sheriklar doirasini aniqlash maqasadida, Epshteynning shaxsiy elektron qurilmalari, yozishmalari va hujjatlarini ham o‘rganmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News