
- 2
- 16.09.2023 10:05:00
- 1 daq o'qish
Hukumat qarori bilan 2023 yilning 1 oktyabridan yoqilg‘i-energetika resurslarining yangi tariflari tasdiqlandi.
“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Yoqilg‘i-energetika resurslarining 2023 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan narxlari tasdiqlandi. Aholi uchun tariflar o‘zgarishsiz qoldi.
Elektr energiyasi tariflari OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlariga 1 kVt soat 1 000 so‘m, boshqa tashkilotlarga 900 so‘m deb belgilandi.
Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va budjet tashkilotlariga 1 kub metr uchun 1 800 so‘m, boshqa tashkilotlar uchun 1 500 so‘m bo‘lishi taklif etilgan.
Aholi uchun elektr energiyasi (295 so‘m), tabiiy gaz (380 so‘m) va suyultirilgan gaz (1120 so‘m) tariflari amaldagi narxlarda o‘zgarishsiz qoldi.
Manba:Kun.uz