Migrantlar uchun Rossiyadan yangi talab

Migrantlar uchun Rossiyadan yangi talab
  • 0
  • 19.05.2025 16:35:00
  • 1 daq o'qish

2025-yil 30-iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz kiruvchi chet el fuqarolari uchun (Belarus fuqarolari va 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno) maxsus mobil ilova – Gosuslugi RuID orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tib, QR-kod olishlari kerak bo‘ladi. Ariza Rossiyaga kirishdan kamida 72 soat oldin, shoshilinch hollarda esa 4 soat oldin topshirilishi mumkin.
Ushbu tartib O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlar fuqarolariga ham taalluqli.
Shuningdek, Rossiyada migratsiya siyosati kuchaytirilmoqda. Qonuniy bo‘lmagan muhojirlar deportatsiya qilinmoqda, yashash muddatlari qisqartirilmoqda va ayrim hollarda migrantlarning oila a’zolarini olib kelish taqiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarga o‘z maqomini Rossiya IIV sayti orqali tekshirishni tavsiya qilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News