Yangi Rim Papasi saylandi

  • 0
  • 09.05.2025 10:31:00
  • 1 daq o'qish

8-may kuni Vatikan shahridagi Sikstina cherkovi mo‘risidan oq tutun ko‘tarildi – bu yangi Rim papasi saylangani belgisi. Bu haqda Vatican News xabar berdi.

Avliyo Pyotr sobori balkonida kardinal Dominik Mamberti yangi papani e’lon qildi. Unga ko‘ra, ilk bor Amerika qit’asidan bo‘lgan shaxs katolik cherkoviga rahbar bo‘ldi.

Yangi Papa – Robert Prevo, 69 yoshda, Amerika-Peru fuqarosi va Avgustin ordeni a’zosi. U Lev XIV nomini oldi. Chikagoda tug‘ilgan bo‘lsa-da, faoliyatining katta qismini Peruda o‘tkazgan. So‘nggi yillarda Vatikan dikasteriyasiga rahbarlik qilgan.

Konklav 7-may kuni boshlangan, kardinallar yashirin ovoz berish orqali uni saylashgan. Yangi Papa konklavning ikkinchi kunida tanlangan uchinchi Papa bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News