Toshkent metrosida yangi to‘lov tizimi joriy etiladi

Toshkent metrosida yangi to‘lov tizimi joriy etiladi
  • 2
  • 20.05.2026 12:24:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent metropolitenida yo‘lkira haqini bosib o‘tilgan masofa yoki bekatlar soniga qarab hisoblash tizimi joriy etiladi. Bu Prezidentning “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 191-sonli qarorida belgilangan.
Yangi tizimga ko‘ra, yo‘lovchilar qancha masofa bosib o‘tganiga qarab to‘lov qiladi. Ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozlar saqlanadi, shuningdek kunlik, haftalik va oylik abonementlar ham joriy etiladi.
Rejaga ko‘ra, tizim 2027-yil 1-yanvardan boshlab ishga tushirilishi kutilmoqda. Tegishli takliflar 6 oy ichida hukumatga taqdim etiladi.
Shuningdek, metro bekatlarida qo‘shimcha qulayliklar yaratish, jumladan vending apparatlari, savdo nuqtalari va metro stansiyalari oldida avtoturargohlar tashkil qilish orqali Park & Ride tizimi yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News