O‘zbekistonda blogerlar va inflyuenserlarga yangi qonun

O‘zbekistonda blogerlar va inflyuenserlarga yangi qonun
  • 0
  • 09.05.2025 10:00:00
  • 1 daq o'qish

2025-yil 7-may kuni Oliy Majlisda onlayn-platformalar foydalanuvchilarining huquqlari muhokama qilindi. Tadbirda AOKA va media sohasi vakillari ishtirok etdi.

Loyihada fuqarolarning internetda o‘z huquqlarini himoya qilish, yolg‘on axborot va noqonuniy kontentlardan himoyalash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, onlayn-platformalar va veb-saytlarning faoliyatini tartibga solish, inflyuenserlar va blogerlarning mas’uliyatini aniqlash bo‘yicha o‘zgarishlar kiritilishi aytildi.

Yangi qonun loyihasida, birinchi marta, O‘zbekistonda bloger va inflyuenser tushunchalari ajratiladi. Bunday o‘zgarishlarga ko‘ra, blogerlarning mantiqiy majburiyatlari yengillashtirilsa, inflyuenserlar uchun esa aniq mas’uliyat va javobgarlik normalari joriy etiladi.

Yangi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News