Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi
  • 0
  • 04.08.2025 08:15:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda. 2030-yilga borib Toshkentga aviayo‘lovchilar oqimi 15 millionga yetishi kutilmoqda. Mavjud aeroport bu yuklamani qoplay olmaydi va shahar ichida joylashgani sababli kengaytirish imkoni yo‘q.

Shu sabab, viloyatda yangi aeroport qurilishi rejalashtirilgan. Hozirda xorijiy kompaniyalar bilan sheriklik bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, taqdimotda tezyurar yo‘l va avtomobil yo‘llariga oid rejalar ham muhokama qilindi. Prezident infratuzilmalarni tezroq amalga oshirish lozimligini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News