
- 7
- 21.02.2025 10:16:00
- 1 daq o'qish
Xitoyda virusologlar ko‘rshapalaklarda COVID-19 kabi odamlarga yuqishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus turini aniqladi. Ushbu virus HKU5 koronavirusining yangi turi bo‘lib, dastlab Gonkongdagi yapon ko‘rshapalagida topilgan. Xitoy Fanlar akademiyasining Guanchjoudagi bo‘limi, Uxan universiteti va Uxan virusologiya instituti mutaxassislari Guanchjoudagi laboratoriyada tadqiqot olib borgan. Virusologlar ko‘rshapalak namunalaridan ajratib olingan yangi virus inson hujayralarini zararlashi mumkinligini ta’kidlamoqda. Olimlar hozircha xavotirlanishga sabab yo‘qligini bildirgan.