
- 5
- 15.07.2025 08:14:00
- 2 daq o'qish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan Prezident Administratsiyasi tuzilmasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, Administratsiya rahbari o‘rinbosarlari lavozimi joriy etilib, 5 nafar mutaxassis ushbu lavozimlarga tayinlandi:
* Xilola Uktamovna Umarova – ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
* Tamila Anvarovna Aliyeva – tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimini egalladi.
* Timur Nuryigitovich Butunbayev – suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi va Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
* Nodira Jalalovna Xakimova – sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosar lavozimiga tayinlandi.
* Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda – tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimini egalladi. U Prezident Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslar boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi. U Prezident yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Prezident maslahatchilari tarkibida ham bir qator muhim tayinlovlar amalga oshirildi:
* Abdulaziz Hafizovich Kamilov – tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlandi.
* G‘ofurjon Gʻaniyevich Mirzayev – kadrlar bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlandi.
* Ravshan Ayubovich Gulyamov – iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchi etib tayinlandi.
* Sardor Uktamovich Umurzakov – strategik rivojlanish bo‘yicha Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
* Mansurbek Polvonzoda Olloyorov – ijtimoiy himoya bo‘yicha Prezident maslahatchisi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimini egalladi.
* Ruslanbek Kuroltayevich Davletov – vakillik organlari, NNTlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.