Prezident farmoni bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident farmoni bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi
  • 0
  • 10.07.2026 18:36:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmonlari bilan bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Xususan, Zulayxo Maxkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Dilnozaxon Kattaxonova tayinlanib, amaldagi lavozimi — Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosarligidan ketdi.
Muzaffar Komilov Prezident administratsiyasining Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, prezidentning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Shuningdek, Sardor Umurzoqov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi. Bunga qadar ushbu lavozimda Abdulla Abduqodirov ishlab kelayotgandi.
Sardor Umurzoqovning yangi lavozimga o‘tishi ortidan prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi va mazkur maslahatchi lavozimi tugatildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News