Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar
  • 10
  • 16.10.2026 11:04:00
  • 1 daq o'qish

15-oktyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan bir nechta yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Akramjon Fozilov, Aziza Qurbonova va Xushnud Xudayberdiyev yangi lavozimlarga tayinlandi.

Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Aziza Abdusabitovna Qurbonova Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U hozirgacha OAV uchun Kontent tayyorlash markazida faoliyat olib borayotgandi.

Shuningdek, Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimini egalladi. U 2020-yil iyulidan buyon O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

#casia #news #Tayinlov

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News