
- 1
- 18.06.2025 07:07:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi etib tayinlandi. 16-iyun kuni Ilhom Haydarov Anqaraga yetib borib, Turkiya TIV vakiliga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. U O‘zbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida rasmiy faoliyatini boshladi. U bunga qadar tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ilhom Haydarov 2017-yildan buyon O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Alisher A’zamxo‘jayev o‘rnini egalladi.