
- 25
- 23.05.2025 14:43:00
- 1 daq o'qish





Netflix “Temurlang. So‘nggi jahongirning yuksalishi” nomli film suratga olish ishlarini yakunladi. 2022-yil oxirida boshlangan loyiha Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va qoldirgan merosi haqida hikoya qiladi.
Suratga olish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda o‘tgan bo‘lib, asosiy sahnalar Amir Temur yashagan va jang qilgan hududlarda tasvirga olingan. Film ustida O‘zbekiston, Qozog‘iston va AQSHdan mutaxassislar ishlagan. Rejissyor — Jeykob Shvarts, ssenariy muallifi — Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen, Amir Husaynning raqibini Mahesh Jadu, Aljayning rafiqasini esa o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.
Afsonaviy Nomad Stunts jamoasi jangovar sahnalarni jonlantirgan. Film hozirda post-prodakshn bosqichida, premyerasi esa 2025-yil yoz oxirida kutilmoqda.