Netanyahu AQShga harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi

Netanyahu AQShga harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi
  • 5
  • 25.07.2024 11:24:00
  • 1 daq o'qish

24-iyul kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQShga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi: “Biz birlashsak yutamiz, ular yutqazadi”, “Va do‘stlarim, men bugun sizni bir narsaga ishontirish uchun keldim: biz g‘alaba qozonamiz” – dedi Netanyahu.

Shuningdek u Isroil nafaqat o‘ziga, balki AQSh va arab dunyosiga ham tahdid solayotgan terrorizmga qarshi urush olib borayotganini aytib, Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Eron ham HAMAS, ham Livanning “Hizbulloh” guruhi va Yaman husiychilari ortida turganini va Tehrondagi hukmron rejimni Yaqin Sharq va butun dunyoga xavf solyotganini aytdi.

Bundan tashqari, Netanyahu Isroil G‘azo sektoridagi tinch aholiga zarbalari haqidagi ayblovlarni rad etdi va Falastin tarafdorlarini “eronparastlar” deb atadi. 

Kongress a’zolari o‘rnidan turib Netanyahuni olqishlar ekan, Vakillar palatasi a’zosi Rashida Tlaib qo‘lidagi “Urush sababchisi” deb yozilgan yozuv bilan o‘z noroziligini bildirdi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News