AQSHda kuchli tornadolar oqibatida 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

  • 0
  • 20.05.2025 16:37:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Kentukki, Missuri va boshqa shtatlarida yuz bergan kuchli tornadolar natijasida kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Kentukki shtatida 14, Missurida esa 7 kishi vafot etgani xabar qilindi. Sent-Luisda 5 mingga yaqin binoga zarar yetgan.
15-maydan beri Koloradodan Nyu-Jersigacha o‘nlab tornadolar kuzatildi. Noqulay ob-havo sabab 800 mingdan ortiq xonadon va korxona elektrsiz qolgan. Dushanba kuni Texasdan Illinoysgacha bo‘lgan 30 milliondan ortiq aholi yangi bo‘ronlar xavfiga tayyorlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News