- 0
- 23.05.2025 12:43:00
- 1 daq o'qish
21-may kuni Hindistonning Dehlidan Srinagarga parvoz qilayotgan samolyoti kuchli bo‘ron va do‘lga duch kelib, halokatdan zo‘rg‘a qutulib qoldi. Bortda 227 yo‘lovchi bo‘lgan. Uchuvchilar favqulodda vaziyat e’lon qilgan va samolyotni eson-omon qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lishgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq, samolyotning burun qismi jiddiy shikastlangan. Ushbu “o‘lim yoqasi”dagi parvozning vahimali onlarini videoda ko‘rishingiz mumkin.