NATO sammiti: Trampdan turkcha salomlashish, birinchi xonim qo‘lini o‘pishga uringan Makron

NATO sammiti: Trampdan turkcha salomlashish, birinchi xonim qo‘lini o‘pishga uringan Makron
  • 1
  • 08.07.2026 13:15:00
  • 1 daq o'qish

Turkiya poytaxtida NATOning 2 kunlik sammiti boshlanmasdanoq Donald Tramp va Emmanuel Makron muhokamalar markaziga tushib qoldi.
Dastlab, AQSH prezidenti rasmiy kutib olish marosimida faxriy qorovul safi oldidan o‘tar ekan, askarlarga turk tilida “Merhaba asker” (“Salom, askarlar”) deya murojaat qilgani e’tiborni tortdi.
Fransiya prezidenti esa rasmiy kutib olish marosimida Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an bilan salomlashish chog‘ida noqulay vaziyatga tushib qoldi.
Makron Emine Erdo‘g‘anning qo‘lini o‘pishga uringanida Turkiya birinchi xonimining qo‘li o‘pilishiga yo‘l qo‘ymagani kadrlarga tushib qoldi va yangi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Avvalroq ham Emmanuel Makronning Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi samimiy salomlashuvi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi. Italiya nashrlari Fransiya prezidenti xatti-harakatlarini haddan tashqari erkin deya baholagan, yonoqdan o‘pib salomlashishni esa noo‘rin va hatto qo‘pol imo-ishora sifatida yozgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News