
- 0
- 26.08.2025 16:01:00
- 1 daq o'qish
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida odamlarning etnik kelib chiqishini aniqlash funksiyasiga ega kameralar ishga tushdi. U olti xil millatni aniqlab, ularning to‘planishini qayd etadi. Rasmiylarga ko‘ra, bu tizim jamoat xavfsizligini ta’minlash va resurslarni prognozlash uchun qo‘llanadi. Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Oleg Kapitanov bu tizimni “statistik tahlil vositasi” deb atagan.
Bundan tashqari, chet el fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari, fotosuratlari va yashash ruxsatnomalarini taqqoslash loyihasi ham ko‘rib chiqilmoqda.