
- 1
- 06.01.2025 12:50:00
- 1 daq o'qish
Farg‘onada 3 yoshli qizlaoqning hayotini xavf ostida qoldirgan enaga ushlandi. Aniqlanishicha, 1988-yilda tug‘ilgan ayol Rossiyaga ishlash uchun ketishi sababli 2022-yilda tug‘ilgan qizini rasmiy ravishda ishonchnoma asosida 36 yoshli M.X.ning qaramog‘iga topshirib, 2024-yilning avgust oyida jo‘nab ketgan. Ayol enagaga xizmat haqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul jo‘natib turgan. 15-noyabrda qizcha zinadan yiqilib og‘ir jarohatlangan, biroq, enaga uni shifoxonaga olib bormagan. Oqibatda bolaga bosh miya lat yeyishi va boshqa hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar tashxisi qo‘yilgan. Enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.