Namanganda mashina tomiga chiqib video olgan ayolga chora ko‘rildi

Namanganda mashina tomiga chiqib video olgan ayolga chora ko‘rildi
  • 0
  • 31.07.2025 15:08:00
  • 1 daq o'qish

Chust tumanida harakatlanayotgan Gentra tomiga chiqib video olgan ayolga va haydovchiga chora ko‘rildi. Holat ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga sabab bo‘ldi. Mashina aniqlanib, jarima maydonchasiga olib ketildi. Haydovchi 1 yil 6 oyga huquqidan mahrum qilinib, 9,3 mln so‘m jarimaga tortildi. Ayolga esa 1,5 yoshli farzandi borligi inobatga olinib, 1,8 mln so‘m jarima belgilandi.

“Instagram uchun video olayotgandim. Endi afsusdaman, kechirim so‘rayman”, dedi u.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News