Namanganda 19 yoshli qiz asos solgan terroristik tashkilot guruhi aniqlandi

Namanganda 19 yoshli qiz asos solgan terroristik tashkilot guruhi aniqlandi
  • 0
  • 21.07.2025 08:55:00
  • 1 daq o'qish

Namanganda “Islom davlati – Xuroson viloyati” nomli terroristik tashkilotning guruhi aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi. Unga ko‘ra, guruh 16 kishidan iborat bo‘lgan. Guruh a’zolarining uylaridan diniy-ekstremistik materiallar, mobil telefonlar, elektron qurilmalar va adabiyotlar daliliy ashyo sifatida olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, guruh yetakchisi Telegram orqali 120 nafardan ortiq a’zosi bo‘lgan virtual kanallarni tashkil etib, ularda “jihod”, “shahidlik” kabi g‘oyalarni targ‘ib qilgan. Guruhga 2022-yilda 19 yoshli qiz asos solgan. Shuningdek, guruh a’zolaridan biri Namangan shahrida joylashgan xususiy universitet ta’sischisi ekani aniqlangan.  
Hozirda tashkilotchisi va 3 nafar faol a’zoga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Qolgan a’zolar bilan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News