
- 0
- 18.05.2026 11:00:00
- 1 daq o'qish
Bolgariyada joylashgan Prohodna g‘ori o‘zining noodatiy ko‘rinishi bilan dunyo sayyohlarini hayratda qoldirmoqda. Taxminan 262 metr uzunlikdagi ushbu g‘orning eng mashhur qismi — shiftidagi ulkan ko‘z shaklidagi ikkita teshikdir.
Ming yillar davomida suv va shamol ta’sirida hosil bo‘lgan bu teshiklar xalq orasida “Tangrining ko‘zlari” nomini olgan. Kunduz kuni quyosh nuri aynan shu joylardan g‘or ichiga tushib, juda sirli va ta’sirli manzara yaratadi.
Kechasi esa teshiklar orqali oy va yulduzlar ko‘rinib, g‘or go‘yoki fantastik filmdagi sahnani eslatadi. Shu sababli Prohodna g‘ori Bolgariyaning eng mashhur maskanlaridan biriga aylangan.