
- 7
- 21.12.2024 11:25:00
- 1 daq o'qish
Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi ulamolar kengashi musulmonlarga 4 tagacha shariy nikohga ruxsat berdi. Bunda nikohda bo‘lgan erkak o‘z xotinini boshqa ayol bilan yangi nikoh tuzish niyati haqida xabardor qilishi kerak. Shuningdek, bunday nikoh tuzayotgan erkak barcha farzandlarni o‘z qaramog‘iga olishi hamda vasiyatnomani notarial tasdiqlashi lozim bo‘ladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda mamlakatda 1 million 264 mingta bola tug‘ilgan bo‘lib, bu 1999-yildan beri eng kam ko‘rsatkichdir. Shu sabab, Rossiya Davlat dumasida tug‘ilish darajasini oshirish uchun kvartiralar va avtomobillar ishtirokida yutuqli o‘yin o‘ynash taklif etildi, shuningdek, Rossiyada farzandsizlik uchun soliq joriy etilishi ham mumkin.