
- 10
- 09.01.2025 11:14:00
- 1 daq o'qish
Ilon Maskning xulq-atvorini ikki yildan ortiq kuzatgan biografi Set Abramson Mask ruhiy kasalliklardan aziyat chekishini va muntazam ravishda stressli vaziyatlarga duch kelishini, bundan tashqari, giyohvand moddalar ham tadbirkorga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytdi.
“Men chindan ham uning aqldan ozayotganiga ishonaman. Maskning jiddiy kasalligidan xavotirlanishga asoslar bor”, deydi biograf.
Shuningdek, Abramson Maskning holati barcha amerikaliklar uchun muammo bo‘lishini ta’kidladi, chunki u Donald Trampga ta’siri tufayli Qo‘shma Shtatlardagi eng muhim shaxslardan biriga aylangan. Biograf tadbirkorning xavfli siyosiy va iqtisodiy qarorlarni ilgari surishidan ogohlantirdi.