
- 9
- 23.06.2023 11:41:00
- 1 daq o'qish
Muftiy Nuriddin domla hazratlari Xalqaro musulmon ulamolar kengashi a’zosi bo‘ldilar. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuv chog'ida ma'lum qildi.
“Mana, kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Qatardagi Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga a’zo bo‘lganlari, barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Buyam o‘tgan davrda diniy-ma’rifiy sohada olib borgan islohotlarimizning xalqaro e’tirofi, xalqimizning Islom dini rivojiga qo‘shayotgan hissasiga berilgan yana bir yuksak baho, desak to‘g‘ri bo‘ladi" - dedi uchrashuvda.
Manba: UzReport.news