
- 0
- 12.05.2025 14:50:00
- 1 daq o'qish
“Azon” vaqfi raisi, “Azon Global” portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) 8-may kuni Istanbulning Bahcheshehir mavzesidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi. Bu haqda “Azon Global” portali xabar berdi. O‘sha kuni advokatlari ishtirokida surishtiruv o‘tkazilib, uni Deportatsiya markaziga o‘tkazish va 9-may kuni qo‘yib yuborish rejalashtirilgan edi.
Ammo oradan to‘rt kun o‘tgan bo‘lishiga qaramay, Immigratsiya boshqarmasi uning joylashuvi, sog‘ligi va holati haqida na advokatlariga, na yaqinlariga ma’lumot bergan.
“Azon Global” bu borada faqat rasmiy manbalarga ishonishni, asossiz xabarlarga e’tibor bermaslikni so‘radi. Portalning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, nazoratda ushlab turilgan shaxsning oilasiga bu haqida ma’lumot berilishi, uning o‘ziga ham yaqinlari bilan muloqot qilishga izn etilishi belgilab qo‘yilgan.