
- 6
- 21.02.2025 10:12:00
- 1 daq o'qish
Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunov qidiruvga berildi. U Jinoyat kodeksining 244 prim 2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bo‘yicha qidiruvga berilgan.
Mubashshir Ahmad 2023-yil avgustda O‘zbekistonda o‘zi asos solgan “Azon.uz” sayti o‘z faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qilgan edi. Shundan so‘ng u noyabr oyida o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvchi “Azon Global” portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Tursunov 2023-yilning 28-dekabr kuni Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan edi. 2024-yil 21-fevral kuni u deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytgan edi.