Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Mubashshir Ahmad O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
  • 0
  • 13.05.2025 13:49:00
  • 1 daq o'qish

 

O‘zbekiston IIVga ko‘ra, xalqaro qidiruvda bo‘lgan Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) 8-may kuni Turkiyada qo‘lga olinib, 10-may kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Uga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1 va 244-3-moddalari asosida ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, u asos solgan axborot platformalari orqali tarqatilgan ma’lumotlar O‘zbekiston qonunchiligiga zid bo‘lgan.
Tursunov 2023-yil dekabr oyida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan. 2024-yil fevralda esa u oilasi bag‘riga qaytgan edi.
U ilgari “Azon.uz” sayti asoschisi bo‘lgan, keyinchalik “Azon Global” portalini ishga tushirgandi. IIV 2025-yil fevralida uni qidiruvga berganini e’lon qilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News