
- 6
- 21.05.2024 08:52:00
- 1 daq o'qish
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiyaning vertolyot halokatida vafot etgani munosabati bilan Erondan tashqari yana 7 davlatda (Hindiston, Iroq, Livan, Pokiston, Suriya, Turkiya va Tojikiston) motam e’lon qilindi.
Ibrohim Raisiyning dafn marosimi 23-may kuni Eronning Mashhad shahrida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat natijasida halok bo‘ldi. Mamlakat shimoli-g‘arbida Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bo‘lgan vertolyot halokatga uchragandi.